Pashinyan chegarada KXSHT missiyasini joylashtirish shartini aytdi
Olam
−
20 aprel 2023
3679Nafaqat Rossiya, balki Armaniston ham Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining kuzatuvchi missiyasini Armaniston-Ozarbayjon chegarasiga joylashtirishga tayyor, biroq bu o‘z samarasini ko‘rsatishi kerak. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan Milliyga Assambleyaga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.
“Biz tashvishlarimiz doirasini aniqladik va bizning tashvishimiz bu missiyaning samarali bo‘lishidir. Bu Armaniston, KXSHT hamda mintaqa uchun ham muhim. Biz bu yo‘nalishdagi muzokaralarni davom ettirmoqdamiz”, deydi Pashinyan.
Shuningdek, Bosh vazir KXSHT va YeI missiyalarini solishtirmaslikni aytib, ularning farqlarini ko‘rsatib o‘tgan.
U KXSHTning Armaniston oldida xavfsizlik sohasida majburiyatlari borligini, Yerevan esa ushbu tuzilma oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajarishini, masalan, 2022 yil yanvarida Qozog‘istondagi norozilik namoyishlari paytida respublikaga qo‘shma kontingent yuborilganida, uning tarkibiga arman harbiy xizmatchilari kirganini eslatib o‘tgan.
“Bu borada KXSHTdan umidlar ancha yuqori”, deydi Pashinyan.
Ma’lumot uchun, 20 yanvar kuni Armanistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Varujan Nersesyan “Times” radiosiga bergan intervyusida Yerevan Rossiyaning Ozarbayjon harakatlariga munosabatidan qanoatlanmasligini, chunki u Moskvadan KXSHT doirasidagi aniq yordam choralariga umid qilishini aytgan. Shu bilan birga, u Armaniston (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi “tinchlikni saqlaydigan va o‘z mandatini bajarayotgan” Rossiya tinchlikparvar kuchlarining mehnatini yuksak qadrlashini ta’kidlagan.
Bungacha respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston hozirgi sharoitda 2023 yilda o‘z hududida KXSHT mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqchi emasligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov bilan uchrashuvda Bakuning Yerevanga qarshi “harbiy tajovuz”iga aniq javob berish zarurligini aytgan edi.
LiveBarchasi