Pashinyan Armaniston Bosh vazirligi uchun saylovda atigi bitta ovoz oldi

Olam

image

Armaniston parlamenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyanni hukumat rahbari lavozimiga saylamadi. Bu haqda mahalliy “Aysor” telekanali xabar berdi

Saylov natijasiga ko‘ra, bir kishi uning tayinlanishiga ovoz bergan, uch kishi qarshi, yana 75 deputat betaraf qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Armanistonda hukmron bo‘lgan “Mening qadamim” fraksiyasi ovoz bermagan, “Obod Armaniston” muxolifat fraksiyasi yig‘ilishda qatnashmagan, “Nurli Armaniston” fraksiyasi esa qarshi ovoz bergan.

Ovoz berish jarayoni parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish maqsadida tashkil qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 25 aprel kuni Pashinyan iste’foga chiqishini, ammo saylovgacha Bosh vazir vazifasini bajarishini e’lon qilgandi.

Armaniston Konstitutsiyasining 149-moddasiga ko‘ra, hukumat rahbari iste’foga chiqqanidan keyin ikki hafta ichida mamlakat Bosh vaziri ketma-ket ikki marta saylanmasa, parlament tarqatib yuboriladi. 

Parlamentda ovoz berishning ikkinchi bosqichi 10 may kuni bo‘lib o‘tadi. Agar qonun chiqaruvchi organ tarqatib yuborilsa, Prezident Armen Sarkisyan parlament saylovida ovoz berish kunini belgilaydi.

Avvalroq, 3 may kuni mamlakat Bosh prokuraturasi Prezident Armen Sarkisyanga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing