Armanistonda Prezidentga nisbatan jinoiy ish ochildi

Olam

image

Armaniston Respublikasi Bosh prokuraturasi mamlakat Prezidenti Armen Sarkisyanga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bunga Prezidentning ikki mamlakat fuqaroligiga ega ekanini yashirgani sabab bo‘ldi. Bu haqda Armaniston Advokatlar palatasi rahbari Ara Zograbyan o‘zining Facebook sahifasida xabar qildi.

Ara Zograbyanga ko‘ra, Armaniston Bosh prokuraturasidan avval, 53 nafar advokat Sarkisyanning ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lganini yashirgani to‘g‘risida bayonot bergan, ammo Mamlakat Maxsus tergov xizmati (MTX) jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etgan.

“Bosh prokuratura MTX qarorini bekor qildi va Jinoyat kodeksining 325-moddasi 1-qismi (hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki undan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi”, deydi u. 

Bir guruh huquqshunoslarning fikriga ko‘ra, Sarkisyan 2003-2012 yillarda Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lgan. Shundan so‘ng, u 2018 yilda Armaniston Prezident etib saylangan. Biroq mamlakat rahbarligiga saylanish sharti bajarilmagan. Armaniston qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat prezidentligiga nomzod so‘nggi olti yil davomida faqat Armaniston fuqaroligiga egalik qilgan bo‘lishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Sarkisyan

Baholaganlar

191

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing