Parvoz vaqtida afsonaviy Taysonning tobi qochdi

Sport

image

Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson Mayamidan Los-Anjelesga parvoz paytida kasal bo‘lib qoldi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Tayson jarohatining kuchayishidan o‘zini yomon his qilgan. Bokschi vakillarining aytishicha, bortdagi shifokorlar Taysonga tezda yordam ko‘rsatgan va uning ahvoli barqarorlashgan.

Tayson 20 iyul kuni Dallasda bloger Jeyk Polga qarshi jang qiladi.

Tayson 57 yoshda, professional ringda 50 ta g‘alaba (44 ta nokaut) va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Amerikalik charm qo‘lqop ustasi o‘z vaqtida og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni bo‘lgan va Butunjahon boks kengashi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi va Xalqaro boks federatsiyasining kamarlarini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Mayk Tayson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made