Parranda grippining belgilari qanday bo‘ladi? 

Salomatlik

image

Rossiya poytaxti Moskvadagi 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori Ilya Akinfeyev odamda yangi parranda grippi alomatlari qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, parranda grippini yuqtirgan odamda kuchli intoksikatsiya, ko‘krak qafasi og‘rig‘i, quruq yo‘tal va haroratning +39-40°S darajagacha ko‘tarilishi holatlari kuzatiladi. 

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina aniq tashxis qo‘yish orqali bemorning grippning qaysi turiga chalinganini aniqlash mumkin bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 20 fevral kuni Rossiyaning janubidagi parrandachilik fermasining yettita xodimida ilk bor yangi turdagi parranda grippi aniqlangani haqida xabar berilgandi. 

Keyinchalik, bemorlarning barchasi sog‘ayib ketgani ma’lum bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

parranda grippi

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing