Moskvada parranda grippi sababli karantin e’lon qilindi

Olam

image

Moskvaning bir qator tumanlarida parranda grippi sababli karantin e’lon qilindi. Shahar meri Sergey Sobyanin imzolagan buyruq poytaxt hukumati saytida paydo bo‘ldi.

Hujjatda aytilishicha, shaharning 11 tumanida, xususan Brateyevo, Kapotnya, Marino, Lyublino, Pechatniki, Moskvoreche-Saburovo, Saritsino, Sharqiy Biryulyovo, Shimoliy va Janubiy Orexovo-Borisovo, shuningdek, Zyablikovoda karantin joriy qilingan.

Aniqlik kiritilishicha, epizotik o‘choq Borisovskiy hovuzi bo‘lgan. Poytaxtning mazkur hududlarida karantin davrida qushlar va inkubatsiya tuxumlarini olib kirish va olib chiqish, qushlar uchun ozuqa tayyorlash va olib chiqish, qishloq xo‘jaligi yarmarkalarini o‘tkazish taqiqlanadi.

Takidlash joizki, parranda grippi uchun karantin vaqti-vaqti bilan turli shaharlarda o‘rnatildi. Misol uchun, 2022 yil yanvar oyida Moskva markazidagi Gorkiy bog‘ida epidemiya aniqlangan. Joriy yilning 6 may kuni esa Glazov shahrida parranda grippi sababli yuqori darajadagi ogohlantirish rejimi joriy etilgan. U yerda gripp chaykalarda topilgan.

Shuningdek, 2023 yilning mart oyida JSST epidemiologi Richard Pibodi dunyoni parranda grippi pandemiyasi xavfi haqida ogohlantirgan, chunki virus odamlar o‘rtasida tarqalishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva karantin parranda grippi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing