Rossiyada parranda grippi yuqtirgan odamlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi
Olam
−
22 fevral 2021 5137 1 daqiqa
Avvalroq, Rossiyaning janubidagi parrandachilik fermasining yettita xodimida ilk bor yangi turdagi parranda grippi aniqlangani haqida xabar bergandik.
Ayni paytda parrandachilik fermasining parranda grippi bilan kasallangan xodimlari o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Bu haqda Astraxan viloyati hokimi ma’muriyati matbuot xizmati xabar bergan.
Ma’muriyatning aniqlik kiritishicha, kasallik paytida ular tomoq og‘rig‘idan qiynalgan va ambulator davolanishda bo‘lgan.
Hozirga qadar barcha kasallar sog‘ayib ketgan.
"Ularning sog‘lig‘ida hech qanday muammo yo‘q", deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Live
Barchasi