Parlament Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga doir farmonini tasdiqladi
Jamiyat
−
21 iyul 2022
10748Xabaringiz bor, kecha, 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma qarori bilan mazkur farmon tasdiqlandi.
Parlamentning ikki palatasi qo‘shma qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 11-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida”gi farmonini tasdiqladi.
Ushbu Qo‘shma qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi PF‒164-son Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022 yil 21 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatildi.
LiveBarchasi