Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
08 aprel
7576Sardor Dadajonovich Isaqulov Parkent tumani hokimi bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Sardor Isaqulov 1986 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2011 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 2006 yili Markaziy magistral elektr tarmoqlari elektroenergiyasining uzatilishini hisoblash bo‘limida elektr montyori vazifasidan boshlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida mas’ul vazifalarda ishlagan. Lavozimga tayinlanguniga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, kooperatsion aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayni paytgacha tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shoxruh Shoahmedov faoliyatida yo‘l qo‘ygan bir qator kamchiliklari uchun vazifasidan ozod qilingani haqida xabar qilgandik.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi