Parkent tumani hokimi lavozimidan “uchdi”

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Parkent tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. 

Shuningdek, ayni paytgacha tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shoxruh Shoahmedov faoliyatida yo‘l qo‘ygan bir qator kamchiliklari uchun vazifasidan ozod qilingan.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tanqidiy-tahliliy nutq so‘zlagan. 

Eslatib o‘tamiz, u 2021 yilning 17 mart kuni bu lavozimga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Parkent Shoxruh Shoahmedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing