Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Sport

image

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida.

Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit yaratilgan.

“Shifokorlar va diyetologlar bilan kelishilgan holda atletlar uchun eng kerakli va foydali, vitaminlarga boy ovqatlar olib kelingan. Olimpiya shaharchasidagi sportchilarimizga kun davomida ana shunday taomlar tortiq qilinmoqda”, deyiladi MOQ xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sportchilar Olimpiya shaharchasida ovqat yetishmasligidan norozi bo‘layotgani xabar qilingandi.  


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Parij Olimpiya shaharchasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made