Sportchilar Olimpiya shaharchasida ovqat yetishmasligidan norozi bo‘lmoqda
Sport
−
25 iyul
13078Sportchilar Parij-2024 Olimpiya shaharchasida oziq-ovqat yetishmasligidan shikoyat qildi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tashkilotchilar iste’mol mahsulotlari hamma uchun yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun ba’zi turdagi oziq-ovqatlarni ratsionga kiritishlari kerak. Misol uchun, sportchilar tovuq tuxumining kamligi va boshqa ba’zi mahsulotlarni yetkazish tezligidan shikoyat qilmoqda.
Olimpiya shaharchasida faoliyat yurituvchi “Sodexo Live” restorani bu masalani hal qilishini bildirdi.
“Biz sportchilarning fikr-mulohazalarini jiddiy qabul qilamiz va Olimpiya shaharchasidagi restoranlarning sig‘imini oshirishga, shuningdek, haqiqiy iste’molga moslashtirish uchun faol ish olib boryapmiz. Ba’zi mahsulotlar, masalan, tuxum va tovuq go‘shtiga sportchilarning ehtiyojlari ko‘pligi uchun yetkazib berish hajmi oshiriladi. O‘yinlar vaqtida sportchilarni ovqatlanishi uchun 600 tonna yangi oziq-ovqat yetkazib berishga mas’ul bo‘lgan “Carrefour” kompaniyasi iste’mol hajmini hisob-kitobga olgan holda, rejalashtirilgan ta’minot hajmini oshirish masalasini qayta ko‘rib chiqadi”, deydi tashkilotchi.
LiveBarchasi