Parijdan yana bir “qovun”. Ochilish marosimida Olimpiya bayrog‘i teskari ko‘tarildi

Sport

image

Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII Olimpiadaning ochilish marosimida Olimpiya bayrog‘i adashib, teskari ko‘rinishda ko‘tarildi.

Marosimning badiiy qismi va delegatsiyalar ishtirokidagi parad yakunlangach, tadbir oxirida tashkilotchilar adashib Olimpiada bayrog‘ini “oyog‘ini osmondan qilib” ko‘tardi. Bu holat esa butun dunyo sport muxlis va mutasaddilarining muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. 

Ko‘pgina xorij nashrlari bu holatni sharmandalik deb qayd etdi. 

Qayd etish joiz, Olimpiya bayrog‘ini ko‘tarish marosimning asosiy voqeliklaridan biri hisoblanadi. Bayroq ko‘tarilgandan so‘ng Olimpiya madhiyasi ijro etiladi. 

Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlari 11 avgustga qadar davom etadi. Sportchilar 32 tur bo‘yicha 329 ta medallar shodasi uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing