Parijdagi namoyishda 20 mingdan ortiq odam ishtirok etdi

Olam

image

Fransiyada antisemitizm g‘oyalariga qarshi juda katta namoyish bo‘lib o‘tdi. O‘tgan seshanba kuni sodir bo‘lgan ushbu namoyishda, Parijning Respublika maydoniga 20 mingdan ortiq odam to‘plandi. 

Avvalo ushbu namoyishni  o‘tkazish sotsialistlar tomonidan taklif qilingan bo‘lib, keyinchalik bu xarakatga barcha siyosiy partiyalar qo‘shildi. Bundan tashqari Respublika maydoniga mamlakatning sobiq prezidentlari- Fransua Olland va Nikolya Sarkoz xam tashrif buyurdi. 

“Biz antisemitizm g‘oyalari ostida sodir qilingan xar qanday ishga jazo berish va uni oldini olishga qaratilgan qonun loyihalari ustida ish olib boramiz”, deya ta’kidladi Bosh vazir Eduard Filipp. 

Mamlakatning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron namoyishga qo‘shilmagan bo‘lsa-da, uni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

“Afsuski, ba’zi fuqarolarimiz yahudiylar yana taqib ostiga olinadi degan xayollarga bormoqdalar va bu o‘z navbatida bizning aybimizdir. Shuning uchun xam hoziroq harakatni boshlashimiz va hammaga aniq belgi berishimiz kerak”, deb ta’kidladi u.

Namoyishlar Fransiyaning Tuluza, Monpele, Lille, Nitsse va boshqa ko‘plab shaharlarida xam o‘tkazildi. 

Bunday namoyishlar sodir bo‘lishining sabablari ko‘p. Misol uchun, 19 fevral kuni Elzasdagi yahudiylar qabristonida 80 dan ortiq qabrlar buzib tashlangan. O‘tgan yili mamlakatda 541 ta antisemitizm holatlari sodir etilgan, bu ko‘rsatkich esa 2017 yilga nisbatan ancha yuqoridir. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Parij Namoyish

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing