Parij Ukrainaga Mirage qiruvchi samolyotlarini topshiradi

Olam

image

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Fransiyaning Mirage-2000-5 qiruvchi samolyotlari joriy yilning birinchi choragi oxirigacha Ukrainaga topshirilishiga va’da berdi. Bu haqda vazir "Sud" radiosida ma’lum qilgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu samolyotlar yaqin orada Ukraina osmonida bo‘ladi. 

“Fransiyaning Mirage samolyotlari yaqinda Ukraina osmonida bo‘ladi. Bu birinchi chorak oxirida sodir bo‘ladi”, degan vazir.

Qolaversa, Tashqi ishlar vaziri Fransiya Ukrainaga o‘z harbiylarini jo‘natish yoki jo‘natmasligiga izoh bermagan. 

Shu bilan birga, u Fransiya, Yevropa va Qo‘shma Shtatlar Ukrainada tinchlikka erishilganda kafolatlar berishga tayyor bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qilgan. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning iyun oyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parij Mirage 2000 qiruvchi samolyotlarini Kiyevga topshirishini aytgandi. Shu bilan birga, Makron fransuz qurollari Rossiyada tinch aholini bombardimon qilish uchun ishlatilmasligini ham aytgan. 

Oktyabr oyida Fransiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu samolyot 2025 yilning birinchi choragida topshirilishini aytdi. Vazirning ma’lum qilishicha, Kiyevga yetkazib beriladigan samolyot zamonaviy jihozlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Polshada Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Zelenskiy suhbat davomida Ukraina tomoni Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarda Fransiyaning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilayotganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ukraina Mirage-2000-5

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing