Zelenskiy Polshada Makron bilan uchrashdi
Olam
−
28 yanvar 3428 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Polshada Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Bu haqda kecha, 27 yanvar kuni Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va Ukraina hamda butun Yevropa uchun xavfsizlik kafolatlarining mumkin bo‘lgan formatlariga alohida e’tibor qaratildi”, deb yozdi Zelenskiy.
Shuningdek, u Ukraina tomonining mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarda Fransiyaning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilayotganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, joriy yil 15 yanvar kuni “The Telegraph” gazetasi Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu muzokaralarning tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda. Shuningdek, Starmer hali yakuniy qarorga kelmaganligi qayd etilgan.
18 yanvar kuni esa Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius “Süddeutsche Zeitung” gazetasiga bergan intervyusida Germaniya qo‘shinlarini urush hududiga yuborish ehtimolini rad etmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emmanuel Makron Ukrainaga G‘arb qo‘shinlarini yuborish g‘oyasini birinchi bo‘lib ilgari surganidan bir yil o‘tmay Yevropa davlatlari bu masalani jiddiy muhokama qilishni boshlagani va tinchlikni ta’minlash uchun 40-50 ming askar yuborishi mumkinligi xabar qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr