Parij Olimpiadachilari ertaga O‘zbekistonga qaytadi

Sport

image

Fransiyada o‘tkazilgan Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari umumiy hisobda 13 ta – 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medal jamg‘ardi.

Olimpiadaning oltin medali va chempionligini bokschilardan Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg), Lazizbek Mullojonov (92 kg), Abdumalik Halokov (-57 kg), Bahodir Jalolov (+92 kg) hamda taekvondochi Ulug‘bek Rashidov (-68 kg) va dzyudochi Diyora Keldiyorova (52 kg), bundan tashqari erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston bayrog‘i ostida chiqqan asli dog‘istonlik Razambek Jamalov (-74 kg) qo‘lga kiritdi.

Kumush medal bilan esa og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev (-102 kg) hamda taekvondochi Svetlana Osipova (+67 kg) taqdirlandi. Bronza medali sovrindorlari esa erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev (57 kg) hamda dzyudochilar – Muzaffarbek To‘raboyev va Alisher Yusupov bo‘ldi.

Jahon reytingida medallar hisobiga O‘zbekiston tarixiy rekord natija qayd etdi hamda umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.

Parij Olimpiadasi qatnashchilari ertaga, 12 avgust kuni O‘zbekistonga yetib keladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, ular Toshkent aeroportida (terminal-3) tantanali kutib olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing