“Parij qamoqxonaga o‘xshaydi”. Shahar ko‘chalariga minglab panjaralar o‘rnatildi

Sport

image

Parijda Olimpiada oldidan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘chalarga 44 mingta panjara o‘rnatildi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Parij aholisi esa shaharda bo‘layotgan bu kabi o‘zgarishlardan norozi. 

“Shahar xuddi qamoqxonaga o‘xshaydi”, deydi shahar mehmonlaridan biri.

Ko‘chalarda panjara bilan o‘ralgan do‘kon va restoranlarning egalari ham xaridorlar oqimi kamayib borayotganidan shikoyat qilmoqda. 

“Bu biz uchun dahshatli, tovar aylanmasi halokatli ko‘rinishga kelmoqda. 50-70 foiz xaridorimizni yo‘qotdik”, deydi mahalliy tadbirkor.

Qayd etilishicha, to‘siqlar Olimpiada ochilishidan so‘ng demontaj qilinadi. Keyin nazorat punktlari o‘rnatiladi. Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing