Parij-2024: O‘zbekistonlik hakamlar yarim finalni boshqaradi
Sport
−
04 avgust
7615Fransiya mezbonlik qilayotgan XXXIII yozgi Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslarida ertaga, 5 avgust kuni Marokash-Ispaniya o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin o‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar tomonidan boshqariladi.
Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Tantashevga qanotlarda hamyurtlari Andrey Sapenko va Temur Gaynullin yordam beradi.
Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qilishga otlangan Olimpiya jamoasi musobaqaning 1-turida Ispaniyaga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi bahsda Misrga qarshi kechadigan o‘yinda ochko olishni umid qilgan Temur Kapadze shogirdlari Nant shahridagi “Bojuar” stadionida 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dominikan bilan esa durang natija (1:1) qayd etdi. Shu bilan ular uchun Parij Olimpiadasi o‘z poyoniga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA referisi Ilgiz Tantashev Olimpiada o‘yinlari guruh bosqichi doirasidagi bahsda Fransiya va Gvineya o‘rtasidagi o‘yinda hakamlik qilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi