O‘zbekistonlik hakam Rossiya terma jamoasi o‘yinini boshqaradi
Sport
−
18 mart
2239O‘zbekistonlik FIFA referilari Rustam Lutfullin va Ilgiz Tantashev mart oyida terma jamoalar o‘rtasida bo‘ladigan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida ishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (O‘zFHM) xabar berdi.
20 mart kuni Tojikiston – Belarus terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida bosh hakam sifatida Rustam Lutfullin ishlaydi. Unga qanot hakamlari Sanjar Shoyusupov va Akmal G‘iyosov ko‘maklashadi.
19 mart kuni Rossiya terma jamoasi Grenada bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahsni Ilgiz Tantashev boshqaradi, unga yordamchi hakamlar sifatida Andrey Sapenko va Timur Gaynullin faoliyat olib boradi.
LiveBarchasi