Parij-2024: Selin Dion va Ledi Gaga ochilish marosimida qatnashadi

Sport

image

Mashhur xonandalar Selin Dion va Ledi Gaga Parijdagi Olimpiada ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Dion va Ledi Gaga Edit Piafning “La Vie en rose” qo‘shig‘ini kuylaydi.

Qayd etilishicha, Dion 2022 yildan buyon ilk bor sahnaga chiqadi, o‘shanda u mushaklaridagi muammo tufayli jahon turnesini bekor qilgan.

Ma’lumot uchun, 56 yoshli Selin Dion “My heart will go on”, “I'm alive” va boshqa yuzlab mashhur qo‘shiqlar ijrochisi hisoblanadi. 38 yoshli Ledi Gaga esa “Bloody mary”, “Judas” kabi xit taronalar muallifi sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpiada Ledi Gaga Selin Dion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made