Parij–2024: Lazizbek Mullojonov italiyalik raqibini mag‘lub etdi

Sport

image

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Lazizbek Mullojonov italiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ham o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. 92 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Mullojonov ilk bosqichda Italiya sharafini himoya qilayotgan Aziz Abbos Muxiddinga qarshi jang qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi hamda chorak finalga yo‘l oldi. Mullajonov yarim final yo‘llanmasi uchun 1 avgust kuni jang qiladi.

Unga o‘sha kuni Buyuk Britaniya vakili Patrik Jeyms Braun va braziliyalik Keno Machado jangi g‘olibi raqiblik qiladi. Ular o‘rtasidagi jang bugun 23:15 dan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dzyudo sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova yaponiyalik amaldagi Olimpiya chempionini mag‘lub qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Lazizbek Mullojonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing