Parij-2024: Diktorlar ochilish marosimida Janubiy Koreyani KXDR bilan adashtirib yubordi (video)

Sport

image

Yozgi Olimpiadaning ochilish marosimida Janubiy Koreya terma jamoasi Shimoliy Koreya termasi deb e’lon qilindi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Janubiy Koreya delegatsiyasi qirg‘oq bo‘ylab yurganida fransuz va ingliz tillarida so‘z yurituvchi diktorlar mamlakatni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi deb e’lon qildi. 

Janubiy Koreya delegatsiyasi paradda 48-raqamda, KXDR jamoasi esa 153-bo‘lib chiqish qildi.

Janubiy Koreya sport vazirligi diktorlarning xatosi yuzasidan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax bilan uchrashishni talab qilmoqda hamda XOQ va mahalliy tashkiliy qo‘mitadan holat yuzasidan tushuntirish berishini istayapti. 

XOQ X’dagi sahifasida koreys tilidagi sahifasida bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan uzr so‘radi.

“Ochilish marosimida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan bog‘liq xatolik uchun chuqur uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

XOQning uzri hali tashkilotning ingliz tilidagi sahifalarida chiqmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XXXIII Olimpiadaning ochilish marosimida Olimpiya bayrog‘i adashib, teskari ko‘rinishda ko‘tarilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing