Parij-2024: Bahodir Jalolov yarim finalga chiqdi
Sport
−
02 avgust 2024 12337 1 daqiqa
Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining +92 kg vaznda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi chorak final bahslarida o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov avstraliyalik Teremoana Juniorga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi. Shu bilan amaldagi Olimpiada chempioni Jalolov yarim finalga yo‘l oldi.
Endi u 7 avgust kuni germaniyalik Nelvi Tiafakka qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq +100 kg vaznda Parij Olimpiadasining dzyudo bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Alisher Yusupov 3-o‘rin kechgan bellashuvda yaponiyalik Saito Tatsuroni mag‘lub qilib, bronza medalga ega chiqqani xabar qilingandi.
Live
Barchasi