“Parazitlar” Trampga javob qaytardi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp “Parazitlar” filmi (Gisaengchung, 2019) “Oskar”ning bosh mukofotini yutganiga rozi emasligini bildirdi. Bu haqda u Kolorado shtatidagi miting vaqtida aytib o‘tgan edi.

Bugun, 21 fevral kuni “Oskar” mukofoti sovrindori, janubiy koreyalik kinoijodkorlar mahsuli bo‘lmish “Parazitlar” filmining distribyutori bo‘lmish Neon kinostudiyasi AQSH Prezidenti Donald Trampning tanqidiga javob qaytardi. 

Distribyutor janubiy koreyalik rejissyor Pon Chjun Xoning filmini himoya qilib chiqqan. “Hammasi tushunarli, u axir o‘qishni bilmaydi-ku”, deb yozgan studiya vakili Twitter’dagi o‘z sahifasida. 

Eslatib o‘tamiz , joriy yilning 9 fevral kuni janubiy koreyalik rejissyor Pon Chjun Xoning “Parazitlar” kinokartinasi Amerika kino akademiyasining 92-marosimida “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” yutdi.

                                                                                                                            Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp “Parazitlar”

Baholaganlar

228

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing