Paratsetamol o‘limga sabab bo‘ldi

Olam

image

Rossiyada 24 yoshli qiz uch kun paratsetamol ichganligi sababli jigari zo‘riqib vafot etgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, qiz 3 kun ketma-ket 6 tabletkadan paratsetamol, 2 tabletka aspirin va boshqa dorilarni bir vaqtda qabul qilgan. Ta’kidlanishicha, bemorda yana bir nechta alomatlar mavjud - jigar fermenti tizimini buzgan parhez, shuningdek, virusli gepatit B ning avvalgi infeksiyasi.

Shifokorlar bemorlarni o‘z-o‘zidan har qanday dori ichmaslikka chaqirgan. Aytilishicha, paratsetamol jigarga kuchli ta’sir qiladi. U hatto og‘ir nekrozga olib kelishi, natijada organ transplantatsiyasi talab qilinishi ham mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, paratsetamolning maksimal sutkalik dozasi 8 tabletkadan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

dori bemor

Baholaganlar

663

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing