Ebola balosi: har ikki bemordan biri vafot etmoqda
Olam
−
09:12 589 2 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan kasallanganlarning ölim darajasi 51,6 foizga yetdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Mamlakat Milliy jamoat salomatligi institutining joriy yilning 31 oktyabr kuni e’lon qilgan hisobotida kasallik tarqalişi boşlanganidan buyon 10 414 nafar kişida virus aniqlangan, ularning 5372 nafari vafot etgani keltirilgan.
Ölimlar sonining oşişiga kasallik öçoği hisoblangan Ituri viloyatidagi ma’lumotlarni qayta tekşiriş sabab bölgan. Tekşiruv davomida kasallik tarqalgan hududlardagi tibbiyot muassasalari ma’lumotlarining 97 foizi örganilib, avvalgi hisobotlarga kiritilmagan 314 ta Ebola bilan boğliq ölim holati aniqlangan va umumiy statistikaga qöşilgan.
Oqibatda ölim darajasi ikki kun avvalgi 48,6 foizdan 51,6 foizga kötarilgan. Bu vaqt davomida tasdiqlangan kasallaniş holatlari esa atigi 140 taga oşgan.
Hozirda virus mamlakatning sakkizta viloyati va 67 ta tibbiy hududiga tarqalgan. Soğliqni saqlaş idoralari har kuni önlab yangi kasallaniş holatlari qayd etilayotganini bildirmoqda.
Qayd etilişiça, bu Kongo tarixidagi eng yirik Ebola epidemiyasi hisoblanadi. Şuningdek, u 2013–2016 yillarda Ğarbiy Afrikada kuzatilgan epidemiyadan keyingi dunyodagi eng yirik tarqalişdir. Virus mamlakat taşqarisiga ham çiqqan, biroq boşqa davlatlarda uning tarqalişi hozirça çeklangan.
Epidemiya munosabati bilan ayrim davlatlar safar çeklovlarini kuçaytirmoqda. Xususan, AQŞ 3 noyabr oxiridan boşlab xalqaro reyslar bilan mamlakatga uçadigan yölovçilardan sönggi 21 kun içida Kongo Demokratik Respublikasida bölmaganini tasdiqlaşni talab qiladi. Uşbu davrda Kongoda bölgan yölovçilarning aksariyatiga AQŞga yönalgan tijorat reyslariga çiqişga ruxsat berilmaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalişi davom etmoqda. 2026 yil may oyidan buyon kasallik 5 026 kişining hayotiga zomin bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi