Kongoda Eboladan ölganlar soni 5 mingdan oşdi
Jamiyat
−
15:27 344 2 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalişi davom etmoqda. 2026 yil may oyidan buyon kasallik 5 026 kişining hayotiga zomin bölgan. Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, jami 10 351 kişi virusni yuqtirgan. Bu haqda “Bild” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, hozirgi holat Ebola virusi tarixida ölimlar soni böyiça ikkinçi yirik epidemiya hisoblanadi. Kasallikka hozirça tasdiqlangan vaksinasi mavjud bölmagan Bundibugio virusi sabab bölmoqda.
Mamlakatda har hafta 400–500 ta yangi kasallaniş holati aniqlanmoqda. Ularning törtdan biridan kamroği avval ma’lum bölgan yuqiş zanjirlari bilan boğliq. Bu bemorlarni aniqlaş va ularni ajratişni qiyinlaştirmoqda. Emori universiteti mutaxassisi Bogumu Titanjining aytişiça, virus tarqalişi juda yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Epidemiyaga qarşi kuraşga qurolli töqnaşuvlar, aholining tibbiyot xodimlariga işonçsizligi va xalqaro yordamning qisqarişi tösqinlik qilmoqda. Kongodan taşqari Keniya, Nigeriya va Ugandada ham kasallaniş holatlari qayd etilgan.
Yevropa epidemiologik xizmatlari virusning Yevropa Ittifoqida tarqaliş xavfini juda past deb baholamoqda. Ebola infeksiyalangan odamning biologik suyuqliklari bilan bevosita aloqa orqali yuqadi. Bemor kasallik belgilari paydo bölganidan keyingina boşqalar uçun yuqumli hisoblanadi.
Kasallik yuqori harorat, boş va muşak oğriği bilan boşlanadi. Keyinçalik qayt qiliş, iç ketişi va qon ketişi kuzatilişi mumkin. Oğir holatlarda bir neçta a’zolar faoliyati izdan çiqadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Uganda Kongo Demokratik Respublikasiga safar qilgan va mamlakatga qaytgan fuqarolarni 21 kunlik karantinga joylaştirilişi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi