Paralimpiada sovrindorlariga uy sovg‘a qilindi
Sport
−
12 Sentabr
11378Joriy yilning 10 sentyabr kuni XVII Paralimpiada o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan para yengil atletikachi Asila Mirzayorova va sovrindor para dzyudochi Dovurxon Karomatovga Qarshi shahridan uy sovg‘a qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Parij shahrida o‘tkazilgan Paralimpiada bahslarida 8 nafar qashqadaryolik para sportchi 6 ta sport turidan 21 ta litsenziya bo‘yicha bahslarda ishtirok etdi.
Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bellashuvlarida ishtirok etgan Asila Mirzayorova 5.24 metr natija qayd etgan holda delegatsiyaga birinchi oltin medalni taqdim etdi va 28 yillik Paralimpiya rekordini yangiladi.
Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan qashqadaryolik Dovurxon Karomatov bronza medalini qo‘lga kiritdi va ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘ldi.
LiveBarchasi