Paralimpiada-2024: O‘zbekistonning oltin medallari soni 10 taga yetdi (video)

Sport

image

Parij shahrida yakuniga yetib borayotgan para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahslari yakunlandi.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiya hisobiga 10-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, F54 klassida nayza uloqtirish bo‘yicha amaldagi jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning o‘ziga tegishli edi. U joriy yil Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 20.73 metr natija bilan jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan.

Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nurxon Qurbonova Paralimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made