Paralimpiada-2024: Bugun o‘zbekistonlik 9 nafar parasportchi chiqish qiladi

Sport

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Parij shahrida o‘tkazilayotgan Paralimpiada o‘yinlarida 9 nafar o‘zbekistonlik paraatlet medallar uchun kurash olib boradi.

O‘zbekistonlik parasportchilar 4 ta turda o‘z chiqishlarini amalga oshiradi. Kun dasturida bayroqdor Xusniddin Norbekov ham o‘z yurishini boshlaydi. Norbekov F35 klassida yadro uloqtirish dasturida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.

O‘zbek paraatletlarining chiqishini soat 13:00 da para yengil atletikaning F35 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtiruvchi Dilafruzxon Ahmadxonova boshlab beradi. 

Yengil atletikadan tashqari para-dzyudo, para-pauerlifting va parasuzishda O‘zbekiston vakillari bahslarga kirishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiada Xusniddin Norbekov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing