Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
23 Oktabr 2023
6168Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida VL3 klassida final bellashuvlarida ishtirok etgan Shaxzoda Mamadaliyeva 58.775 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib bordi. U delegatsiya hisobiga ilk oltin medalni yozdirib qo‘ydi.
Shuningdek, para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida VL2 klassida final bahslarida ishtirok etgan Iroda Rustamova 1:02.775 daqiqa natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib bordi.
Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida VL2 klassida final bahslarida esa Azizbek Abdulhabibov 42.487 soniya natija bilan marrani birinchi kesib o‘tib, delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni olib keldi.
Shuningdek, para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F32 klassida klab uloqtirish bo‘yicha ishtirok etgan Sarvar Azimov 39.13 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi