Para Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston 2-kunni 3 ta oltin bilan boshladi

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi tongni 3 ta oltin va 4 ta kumush medal bilan boshladi.

Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida KL3 klassi bahslarida Hasan Qo‘ldashev 42.258 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida KL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda esa Shaxnoza Mirzayeva 50.680 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. U delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida VL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda Hayitmurod Sherqo‘ziyev 49.345 soniya natija bilan marraga birinchi kesib o‘tib, navbatdagi oltin medalga egalik qildi.

Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F13 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nozimaxon Qayumova 43.36 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F56 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nataliya Semyonova esa 17.40 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Xuddi shunday para yengil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.34 metr natija bilan ikkinchi bo‘ldi va O‘zbekistonga navbatdagi kumush medalni olib keldi.

Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T36 klassida  uzunlikka sakrash bahsida Izzat Turg‘unov o‘z ishtirokini yakunladi. U 5.55 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Para Osiyo o'yinlari Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing