Para dzyudochi qizlar ham O‘zbekiston delegatsiyasiga 3 ta medal keltirdi
Sport
−
23 Oktabr 2023
3729Xanchjou mezbonligida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bellashuvlarida ham sovrindorlar nomi aniqlanmoqda.
Ayollar o‘rtasida J1 klassida -57 kg vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi. Jumladan, Xosiyat Poziljonova kumush, Uljon Amriyeva bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, -48 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Fotima Toirova ham bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida bellashuv finaliga qadar yetib kelgan Kamron Nurilloyev oltin, Sherzod Namozov esa kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Shuningdek, para suzishning erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida ishtirok etgan Muzaffar Tursunxo‘jayev oltin, Islom Aslonov kumush va Kirill Pankov bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Bundan tashqari, Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Safiya Burxonova ham oltin medalga ega chiqqandi.