Papillomaga qarshi suyuqlikdan zaharlangan o‘zbekistonlik bolakay qutqarib qolindi

Olam

image

Qozog‘istonda papillomani yo‘qotishga mo‘ljallangan suyuqlikdan zaharlangan o‘zbekistonlik bola qutqarib qolindi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Chimkent shahrida yosh bola zaharli suyuqlikni ichib qo‘ygan, keyin og‘ir ahvolda Giberbarik oksigenlash markaziga olib borilgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlarning aytishicha, zaharli suyuqlik bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini kuydirib yuborgan.

Turkiston viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, tezda reanimatsion yordam ko‘rsatilgani sababli bolaning ahvoli yaxshilashgan va uni jonlantirish bo‘limidan alohida palataga o‘tkazishgan.

Hozirda yosh bola onasi bilan shifoxonada davolanyapti. Qayd etish kerakki, zaharli suyuqlikni ichib qo‘ygan o‘zbekistonlik kichkintoy ota-onasi bilan Chimkentda mehmon bo‘lib turgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston zaharlanish papilloma

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing