Panjsher qarshilik kuchlari “Tolibon” hujumini qaytardi 

Olam

image
“AQSH mag‘lubiyatga uchradi”. “Tolibon” Afg‘oniston mustaqil bo‘lganini e’lon qildi north_east

“AQSH mag‘lubiyatga uchradi”. “Tolibon” Afg‘oniston mustaqil bo‘lganini e’lon qildi

“Tolibon” harakatiga bo‘ysunmagan Panjsher viloyatining milliy qarshilik kuchlari toliblarning mintaqaning g‘arbiy qismidagi avanpostlardan biriga uyushtirgan hujumini qaytardi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.  

“Bugun kechasi toliblar g‘arbiy yo‘nalishdagi avanpostlardan biri orqali Panjsherga bostirib kirmoqchi bo‘ldi, lekin ularning hujumi qaytarildi. Toliblar orasida o‘lganlar va yaradorlar bor. Hozirda mintaqada vaziyat tinch”, deyilgan xabarda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar so‘nggi paytlarda Panjsher atrofida o‘z kuchlarini to‘plamoqda.

“Muzokara jarayoni hech qanday natija bermayapti. Katta ehtimol bilan, “Tolibon” jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda va amalda qandaydir razvedka o‘tkazmoqda”, deyilgan xabarda.

Panjsher vakili bo‘lgan Abdul Hafiz Mansur qarshilik kuchlari vakillari va “Tolibon” delegatsiyasi o‘rtasida Chorikor shahrida (Parvon viloyati ma’muriy markazi) o‘tkazilgan birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, tomonlar “harbiy to‘qnashuvning oldini olish uchun muloqotni davom ettirishga” kelishib olgan. 

Shuningdek, Panjsher qarshilik kuchlari vakili Fahim Dashti Afg‘oniston shimolida jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha toliblar bilan kelishuvga erishish masalasi haligacha muhokama qilinayotganini ma’lum qilgan. U “Tolibon”ga bo‘ysunmagan mintaqa hukumatda “turli etnik guruhlarning ramziy vakillari” borligiga rozi emasligini va haqiqiy inklyuziv davlat organlarini shakllantirishga erishmoqchi ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.

Hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar hokimiyatini tan olmayapti. Viloyatda "Tolibon"ga qarshi kuchlar yig‘ilmoqda. Ularga esa mashhur "dala qo‘mondoni" Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud boshchilik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Panjsher

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing