“AQSH mag‘lubiyatga uchradi”. “Tolibon” Afg‘oniston mustaqil bo‘lganini e’lon qildi

Olam

image
Bo‘ysunmas Panjsher yetakchisi Ahmad Mas’ud “Tolibon”ga qarshi kurashni to‘xtatish shartini aytdi north_east

Bo‘ysunmas Panjsher yetakchisi Ahmad Mas’ud “Tolibon”ga qarshi kurashni to‘xtatish shartini aytdi

Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilgach, Afg‘oniston mustaqillikka erishdi. Bu haqda “Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid ma’lum qilgan.  

“AQSH mag‘lubiyatga uchradi va o‘z maqsadlariga erisha olmadi”, degan Mujohid. 

Shuningdek, u “Tolibon” harakati AQSH bilan yaxshi munosabatlarni saqlamoqchi ekanini ta’kidlagan. 

“Biz AQSH bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni xohlaymiz”, degan Mujohid. 

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondagi amerikaliklarni evakuatsiya qilishni yakunlab, barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Shu tariqa AQSHning 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Afg‘onistonda boshlagan harbiy missiyasi yakunlanlandi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.

Hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar hokimiyatini tan olmayapti. Viloyatda "Tolibon"ga qarshi kuchlar yig‘ilmoqda. Ularga esa mashhur "dala qo‘mondoni" Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud boshchilik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

199

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing