Pandemiyadan so‘ng insoniyat “murakkabroq muammolar”ga duch keladi – JSST

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin insoniyat avvalgidan ko‘ra jiddiyroq muammolarga duch keladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha 10-global konferensiyada so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

“Pandemiya tugagach, bizda avvalgidan ham jiddiyroq muammolar qoladi: qashshoqlik, ochlik, tengsizlik, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, iqlim o‘zgarishi va boshqalar”, degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya insoniyatga “agar sog‘liq xavf ostida bo‘lsa, demak, hamma narsa xavf ostida” ekanligini ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan, sog‘liqning qadr-qimmatini idrok etishda “asosli o‘zgarishlar” zarur, degan JSST rahbari.

Uning fikricha, “odamlar va sayyora salomatligi va farovonligiga asoslangan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish” kerak. Gebreyesus dunyo ishlab chiqarish va iste’molda avvalgidek “ekspluatatsion” yo‘ldan bormasligi kerakligiga ishonchi komil, shuningdek, “sayyorani e’tiborsiz qoldirmasligi” va “pandemiyaga turtki bergan munozarali siyosat” olib bormasligi kerak.

“Pandemiya bizni yo‘l ayrilishiga olib keldi. Bizning orqamizda biznes yuritishning odatiy usuli - bizni inqirozga olib kelgan yo‘l yotadi. Oldimizda yangi yo‘l bor: sog‘lom va barqaror jamiyatlarga olib boruvchi yo‘l”, deya xulosa qildi u.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing