Pandemiya sabab “aqldan ozgan” dunyoda Rossiya va Belarusning do‘stlari kam – Lukashenko

Olam

image
Dunyoda Rossiya va Belarusning do‘stlari ko‘p emas. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin bilan uchrashuvi chog‘ida gapirdi
 
Bugun, 22 oktyabr kuni ertalab Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin kutilmagan tashrif bilan Minskka keldi. 
 
Sergey Narishkin va Aleksandr Lukashenko Minskdagi Mustaqillik saroyida uchrashgan. 
 
"Hozirgidek g‘azablangan, pandemiyadan "aqldan ozgan" dunyoda bizning do‘stlarimiz kam. Rostini aytsak, barchaning bizga qiziqishi bor. Ya’ni, Rossiya va Belarusga. Biz bunga munosabat bildirishimiz kerak", deya ta’kidlagan uchrashuvda Belarus rahbari. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan 9 avgustdan keyin bir qator namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ularda saylovni qayta o‘tkazish talab qilindi. Belarus Prezidenti esa qayta saylov o‘tkazish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish kerakligini aytyapti.
 
Lukashenkoning saylovdagi asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya saylovdan bir necha kun o‘tgach, Litvaga ketishga majbur bo‘lgan. 
 
13 oktyabr kuni Tixanovskaya mamlakat Hukumati muxolifat talabini bajarmasa 13 kundan keyin barcha korxonalarda ish tashlash boshlanishini aytib, ultimatum qo‘ygan

Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing