Pandemiya payti qariyb 60 nafar jurnalist halok bo‘ldi – UNESCO
Olam
−
25 dekabr 2020
3569Joriy yilda o‘z vazifasini bajarish davomida 59 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Pandemiya boshlanishi bilan jurnalistlarning xavfsizligi borasidagi muammolar ham jiddiylashgan. Bu haqdagi ma’lumotlar UNESCO tomonidan taqdim etildi.
Ma’lum qilinishicha, eng ko‘p – 22 nafar jurnalist Lotin Amerikasida va Karib dengizi bo‘yi hududlarida halok bo‘lgan. Arab davlatlarida esa, o‘z vazifasini bajarayotganda 9 nafar, Afrikada 6 nafar jurnalist o‘ldirilgan.
“Yangi yil arafasida men xalqaro hamjamiyatni ma’lumotlarning jamiyatga manfaat keltiruvchi sifatidagi ahamiyatini saqlab qolishga chaqiraman. Jurnalistikani himoya qilish haqiqatni himoya qilishdir”, deydi UNESCO bosh direktori Odre Azule.
Shunday bo‘lsada, 2020 yil jurnalistlar uchun oxirgi o‘n yil ichida eng xavfli yil emas, deb qaralmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilda 57 nafarga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilda 99 nafarni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvlroq Eronda axborot portali rahbari josuslikda ayblanib, qatl qilingan edi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olingan. U bo‘yicha birorta tegishli tashkilot rasmiy bayonot bergani yo‘q.
O‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayevning tasdiqlanmagan shubha-gumonlar asosida hibslanishi va deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbekistonlik foydalanuvchilari orasida trendda chiqqan mavzulardan biri bo‘ldi. Hafta oxirida Mirzayev masalasi kun tartibida bo‘ldi. Facebook, Twitter #FREEDOMtoABDUKARIM, #freeabdukarim, #ABDUKARIMGAOZODLIK xeshteglari bilan yozilgan postlar bilan to‘ldi.
LiveBarchasi