Pandemiya qo‘rquvi. Yelizaveta II 33 yil ichida ilk bor Rojdestvoni Vindzor qal’asida nishonlaydi
Olam
−
25 dekabr 2020
3689Qirolicha Yelizaveta II 33 yil ichida birinchi marta Rojdestvo bayramini koronavirus pandemiyasi sababli cheklovlar kuchaytirilgani munosabati bilan Edinburg gersogi, shahzoda Filipp va butun oiladan tashqari, alohida nishonlamoqda.
Bukingem saroyida avvalroq aytilganidek, qirolicha Yelizaveta II va Edinburg gersogi mutaxassislarning maslahatiga amal qilib, bu yil Rojdestvoni Vindzor qal’asidagi qulay muhitda nishonlashga qaror qilgan.
Bungacha monarx Rojdestvo ta’tilini Angliyaning sharqida joylashgan Norfolkdagi Sandringem mulkida o‘tkazgan. Bir necha o‘nlab odamlar qurshovida bo‘lgan Britaniya monarxi Angliyada qat’iy cheklov choralari qo‘llanilishi haqida e’lon qilinganidan keyin 2 noyabrdan beri o‘z mamlakatidagi qarorgohda bo‘lib turibdi. Joriy yil 20 noyabrda Yelizaveta II va Edinburg gersogi Londondan 40 km g‘arbda joylashgan ushbu qasrda to‘ylarining 73 yilligini nishonladi.
Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi.
LiveBarchasi