Pandemiya davrida dunyoda qancha tibbiyot xodimi o‘lgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavrus tufayli 80 000 dan 180 000 gacha tibbiyot xodimlari vafot etganini ma’lum qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa kasallanish holatlari ko‘payib, pandemiya davom etayotganini hisobga olib, hukumatlarni ishchilarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq harakat qilishga chaqiruvlarini kuchaytirmoqda.

JSST butun dunyo bo‘ylab virus tarqalishi davom etayotgani sabab charchoq va tashvish xavfi haqida ogohlantirib, butun dunyo bo‘ylab 80 000 dan 180 000 gacha tibbiyot xodimlari COVID-19 tufayli vafot etganini urg‘ulagan.

“Bu o‘limlar fojiali yo‘qotishdir”, deya ta’kidlagan JSST 2020 yil yanvaridan 2021 yil mayigacha bo‘lgan ma’lumotlarni e’lon qilish chog‘ida. 

Qayd etilishicha, xuddi shu davrda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 3 million 450 mingni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya

Baholaganlar

148

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing