Pandemiya bizni yetti yil ortga qaytardi – UNICEF

Olam

image

COVID-19 pandemiyasi bolalarga yomon ta’sir qildi va UNICEF’ning 75 yillik tarixidagi eng yomon inqirozga olib keldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning yangi hisobotida ma’lum qilindi. 

Tashkilotning eng optimistik ssenariysiga ko‘ra, bolalarni himoya qilish sohasida pandemiyadan oldingi holatni qayta tiklash uchun kamida yetti yil kerak bo‘ladi. 

Hisobotda ta’kidlanishicha, pandemiya qashshoqlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim olish, ovqatlanish, bolalarni himoya qilish va psixologik farovonlikdagi muammolarini hal qilishda o‘nlab yillar davomida erishilgan yutuqlarga putur yetkazgan.

UNICEF ijrochi direktori Genriyetta Forning ma’lum qilishicha, och qolgan va maktabga borish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bolalar soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Tobora ko‘proq o‘g‘il-qizlar zo‘ravonlikka duchor bo‘lib, qashshoqlikda yashamoqda. Ayrim oilalar omon qolish uchun farzandlarini erta turmushga berishga majbur bo‘lishmoqda. So‘nggi paytlarda sog‘liqni saqlash, emlash va to‘g‘ri ovqatlanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bolalar soni ham ko‘paydi. Bularning barchasi, Genriyetta Forning so‘zlariga ko‘ra, orqaga qaytishni ko‘rsatadi.

UNICEF’ning yangi hisobotida aytilishicha, pandemiya bolalar salomatligi va farovonligiga yagona tahdid emas. Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab 426 million bola, ya’ni har beshinchi boladan deyarli biri tobora keskinlashib borayotgan ziddiyatli hududlarda yashaydi.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya

Baholaganlar

33

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing