Palov indeksi: eng qimmat va arzon osh qayerda sotiladi?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Davlat statistika agentligi 2023 yil dekabr oyi uchun palov indeksini e’lon qildi. Bu haqda agentlikning saytida keltirilgan.

Mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 23 400 so‘m;
•  Andijon viloyati – 24 200 so‘m;
•  Buxoro viloyati – 28 200 so‘m;
•  Jizzax viloyati – 25 000 so‘m;
•  Qashqadaryo viloyati – 26 600 so‘m;
•  Navoiy viloyati – 23 400 so‘m;
•  Namangan viloyati – 20 000 so‘m;
•  Samarqand viloyati – 27 000 so‘m;
•  Surxondaryo viloyati – 25 400 so‘m;
•  Sirdaryo viloyati – 25 200 so‘m;
•  Toshkent viloyati – 24 300 so‘m;
•  Farg‘ona viloyati – 21 500 so‘m;
•  Xorazm viloyati – 25 800 so‘m;
•  Toshkent shahri – 29 700 so‘m.

Ma’lumot uchun, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

arzon Palov Osh qimmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made