Propan narxining asossiz oshirilishi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
12 yanvar 10227 1 daqiqa
Avvalroq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi cuyultirilgan gaz (propan) bozorda import mahsulot ulushi va narxining oshishi hisobiga qimmatlagani ma’lum qilgan edi. Endilikda qo‘mita metan gaziga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlardan foydalanib, asossiz ravishda propan gazining narxini oshirganlar ustidan ish qo‘zg‘atdi.
Qayd etilishicha, 2025 yil noyabr-dekabr oylarida bozor ishtirokchilariga ushbu davrda yuzaga kelgan metan gaziga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar holatidan foydalangan holda propan narxlarini asossiz oshirmaslik bo‘yicha profilaktik maqsadlarda ogohlantirishlar yuborilgan.
Biroq qo‘mita hozirda ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan adolatli dekabr prinsiplariga zid ravishda narxlarni asossiz oshirilishiga sabab bo‘luvchi manipulyatsiya va muvofiqlashtirilgan harakatlar alomatlari kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Bildirilishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan qo‘mita tomonidan o‘rnatilgan tartibda qonunbuzilishi holatlari alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atish ishlari boshlangan.
Bundan tashqari, birja savdolarida narxlarni barqarorlashtirish yuzasidan “korreksiyalashtiruvchi” choralar ko‘rilmoqda, shu jumladan dekabr ishtirokchilariga birja savdolariga mahsulotlarni to‘liq hajmda va bir maromda chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 8 yanvardan boshlab magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilayotgani sababli O‘zbekistondagi metan “zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yurita boshlashi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi