Paxtaobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Davronbek Hasanboyevich Sattorov Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Davronbek Sattorov 1984 yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. U 2005 yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Sattorov Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdinabi G‘iyosov Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Paxtaobod Davronbek Sattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing