“Paxtakor” yulduzli “Al-Hilol”ni taslim etdi
Sport
−
04 mart
8941Bugun, 4 mart kuni Toshkentning “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 1/8 final bosqichi ilk o‘yinida Saudiyaning “Al-Hilol”ini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bugun, 4 mart kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 29-daqiqasida “Paxtakor” safida yagona golga jamoaning legioner futbolchisi Flamarion mualliflik qildi. Ushbu golga esa Brayan Riaskos assist amalga oshirdi. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “Paxtakor” ilk o‘yinda g‘alaba qayd etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 11 mart kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi