“Paxtakor”ning joriy yilgi xarajati 100 mlrd so‘mga yaqinlashadi – Ortiqxo‘jayev
Sport
−
04 dekabr
6125“Paxtakor” klubining joriy mavsum uchun umumiy xarajatlari miqdori 100 milliard so‘mga yaqinlashgan. Bu haqda klub raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ma’lum qildi.
“Paxtakor” umuman moliyaviy jihatdan foyda keltirmaydi. Kimdir shahrimizning bosh jamoasini moliyalashtirishi kerak-ku. Bizning yoshligimiz bu jamoa bilan o‘tgan. Imkonimiz borligida yordam beryapmiz. Butun dunyoda 10-15 tacha davlatda futboldan foyda kelishi mumkin, men futboldan foyda kelishiga, jumladan O‘zbekistonda futbol foyda keltirishiga ishonmayman”, deydi Ortiqxo‘jayev.
OAV bilan muloqotda Ortiqxo‘jayev klub o‘z oldiga yangi maqsadlarni qo‘ygani va shu maqsadda portugaliyalik mutaxassis Pedro Moreyrani murabbiylikka olib kelganini aytdi, biroq Moreyra bilan shartnomadagi bandga muvofiq “sherlar”ning yangi ustozi klubda qancha maosh olishini ochiqlay olmasligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Paxtakor” serbiyalik tajribali futbolchisi Dragan Cheran bilan xayrlashgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi