“Paxtakor” iroqlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Sport
−
13 dekabr 2024
3094Iroq terma jamoasi a’zosi Bashar Resan Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "sherlar" 27 yoshli futbolchi bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolagan. Yarim himoyachi klublar va milliy terma jamoada 100 dan ortiq xalqaro uchrashuvlarda maydonga tushgan. Faoliyati davomida Iroqning “Al Quva Al Javiya”, Eronning “Persepolis”, Qatarning “Qatar” SK va “Markiya” klublarida o‘ynagan. Iroq va Eron chempioni bo‘lgan Resan OFK Kubogida g‘olib bo‘lib, Osiyo Chempionlar ligasida ikki bor finalga chiqqan. Iroq terma jamoasi safida 56 o‘yinda 4 gol muallifiga aylangan.
“Bashar Resan yangi murabbiy Pedru Moreyra boshchiligida “Paxtakor”ning birinchi xaridi bo‘ldi. Resanning “sherlar” safidagi faoliyatiga omad va ko‘plab sovrinlar tilab qolamiz. “Paxtakor”ga xush kelibsan, Bashar!, deyiladi manba xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 4 dekabr kuni “Paxtakor”ga yangi murabbiy tayinlangandi.
Portugaliyalik taniqli mutaxassis Pedro Moreyra yangi mavsumda “sherlar”ga ustozlik qiladi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar