“Paxtakor” Germaniya klubi tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzoladi

Sport

image

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Germaniyaning “Kayzerslautern” klubi tarbiyalanuvchisi Kimi Merk bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jamoa bugun, 21 iyul kuni 19 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolagan. Futbolchida Qirg‘iziston fuqaroligi ham borligi sababli bunga qadar qo‘shni mamlakatning U-23 terma jamoasi nomidan musobaqalarda ishtirok etib kelgan.  

Futbolchining o‘zi yangi jamoasi haqida quyidagicha fikr bildirgan. 

“Bugun ajoyib kun - Birinchi professional shartnomamni imzoladim. Jamoaga ko‘p sovrinlarni yutishga yordam berishni istayman”, deydi Kimi Merk.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Paxtakor” Polsha milliy terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Mixal Kuxarchik bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagan edi. 32 yoshli futbolchi faoliyatining asosiy qismini Polsha klublarida o‘tkazgan. 9 mavsum “Legiya”, so‘nggi 3 mavsumda esa “Pogon” jamoalari sharafini himoya qilgan. Bir yil esa Rossiyaning “Ural” klubida o‘ynagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Paxtakor Qirg'iziston Kimi Merk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing